Skip to main content
Article

IBN BATTUTANING «SAYOHATNOMA» ASARIDA TARIXIY SHAXSLAR NOMINING TARJIMADA BERILISHI

ABI

Abstract

Ma’lumki, tarixiy asar tarjimasida milliylik va xos so‘zlar muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Xos so‘zlar asar tilining ajralmas qismi bo‘lib, ular yordamida muallif qahramon obrazini yaratadi, xalqning milliy xususiyatini tasvirlab beradi. Ular badiiy asarning milliy koloritini ifoda etadi, turli uslubiy vazifalarni bajaradi, hodisa va predmetlarning xususiyatini haqqoniy, to‘g‘ri tasvirlashga yordam beradi”. Shuning uchun ham realiyalar badiiy-tarixiy tarjimaning tarjimonni qiynab qo‘yadigan, tarjimani murakkablashtiradigan, ko‘pincha uni chalg‘itadigan jihatlarini tashkil etadi. Milliy xos so‘zlarga tarixiy asar tarjimasida kishi nomlari va laqablarining berilishi ham mavjud. Mazkur maqola orqali biz mashhur arab sayyohi Ibn Battutaning “Sayohatnoma” asarida kelgan tarixiy shaxslarning asl arab tilida, shuningdek, turk va o‘zbek tillariga o‘girilgan tarjimalarda tarixiy shaxslar qanday berilganligi hamda tarjimonlarning tarjima mahoratlari haqida to‘laqonli ma’lumotlar keltirilganligini ko‘rishimiz mumkin.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references