BAQTRIYANING KUSHONIYLAR DAVRI SHAHARSOZLIGI VA ME’MORCHILIGI
Abstract
Kushoniylar davrida me’morchilik yangi bosqichga ko‘tarildi. Bu davrda imperiyaning kengayishi, hududlar orasidagi madaniy va diniy aloqalar, shuningdek, iqtisodiy yuksalishlar, me’morchilikning rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Kushoniylar imperiyasi hududida yunon-baqtriya, hind va buddaviylik uslublari birlashib, o‘ziga xos me’moriy yodgorliklar yaratildi. Shaharlarda yangi ibodatxonalar, kulolar mahallalari va mudofaa inshootlari qurildi. Termiz, Dalvarzintepa, Xayrobodtepa va Fayoztepa kabi shaharlarda olib borilgan arxeologik tadqiqotlar, o‘sha davrda iqtisodiy va madaniy rivojlanishning yuqori darajada bo‘lganini ko‘rsatadi. Ayniqsa, buddaviylik dini va uning me’moriy ob’ektlari, shu jumladan, ibodatxonalar va stupalar, imperiyaning madaniy merosini aks ettiradi. Kushoniylar davri me’morchiligi millatlararo aloqalarni kuchaytirib, arxitektura va san’at sohasida yangi yuksak cho‘qqilarni zabt etdi.
Not yet translated