Skip to main content
AkademIndex

Products

For developers

AkademBasesoonOpen API for the ecosystem
Latin
Article

XORIJIY TILLARNI OʻQITISH VA NAZORAT QILISHNING MAZMUNI

ABI

Abstract

Olimlar testlarni guruhlarga boʻlib oʻtkazishni taklif qildilar. Pedagogik testlarning asosiy maqsadi, bilim oluvchilarning taʼlim jarayonida erishgan yutuqlarini baholashdir. Makkoll pedagogik testlardan foydalanishni, maʼlum vaqt oraligʻida bir xil bilim darajasiga ega boʻlgan talabalarni bir guruhga birlashtirish deb taʼriflaydi. Pedagogik nazoratning asoschisi E. Torndayk boʻlib, u pedagogik testlarni oʻz sohasida ilk bor qoʻllagan. Amerikada ijtimoiy baholash keng tarqaldi. Testlarni qoʻllash ikki yoʻnalish boʻyicha rivojlandi; psixologik va pedagogik. Chet tilini oʻqitish va nazorat qilishning rivojlanish tarixini II jahon urushi davridan boshlab, uch bosqichga boʻlish mumkin. Chet tilida bilim, malaka va koʻnikmalarni nazorat qilish hamda baholash chet tilini oʻqitish jarayoniga mos ravishda amalga oshiriladi. Chet tilini oʻrganishdan maqsad lingvistikadan bilimdonlikni namoyon etish emas, balki shu tilda malaka va koʻnikmalarni real hayotda qoʻllay bilishdir.

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 02 references
Metrics — AkademScholar · Coming soon