Skip to main content
Article

SUNʼIY INTELLEKT, ROBOTOTEXNIKA VA HUQUQ: SUNʼIY INTELLEKTNING XAVFSIZ KIBERXAVFSIZLIK TIZIMLARIGA TAʼSIRI

Dilafruz MirzakarimovaFergana State University Lecturer, Department of Legal Education
ABI

Abstract

Bugungi kunda maʼlumotlar dunyoni boshqarmoqda, shu sababli kiberhujumlardan maʼlumotlarnihimoya qilish muhim ahamiyatga egadir. Shuningdek, internet tarmoqlari, dasturiy taʼminotlar va texnik vositalarkiberxavfsizlik tizimlari bilan himoyalangan, ammo, kibermakonda tahdidlarning kundan-kunga ortib borishinatijasida ularga qarshi anʼanaviy algoritmlar samarasiz boʻlib bormoqda. Bundan tashqari, kiberhujumlarningkoʻpayishi yanada aqlli va mustahkamroq boʻlgan ilgʻor kiberxavfsizlik usullarini yaratishni zaruratga aylantirdi.Kiberxavfsizlikning hozirgi holatini hisobga olsak, mutaxassislar sunʼiy intellektni anʼanaviy kiberxavfsizliktexnikasidagi yutuqlarni qoʻllab-quvvatlashi mumkin boʻlgan potensial soha sifatida jiddiy qarashadi. Shuningdek,sunʼiy intellektga asoslangan xulq-atvorni tahlil qilish usullari anormalliklarni va kutilgan xatti-harakatlardanchetga chiqishni aniqlash orqali kirish tizimlarini yaxshilaydi. Sunʼiy intellekt orqali zararli dasturlarni aniqlash,xavfni oldini olish va himoyani yuqori darajada taʼminlash usullari oʻrganiladi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 011 references