Skip to main content
Article

IBN ARABIY “VAHDATUL VUJUD” TAʼLIMOTINING FALSAFIY ASOSLARI VA AHAMIYATI

ABI

Abstract

Mazkur maqolada borliq tushunchasining falsafiy talqini, tasavvufdagi “Vahdatul vujud” nazariyasi va uning asoschisi Ibn Arabiy qarashlari falsafiy tahlil qilingan. Muallif borliq masalasini Forobiy va Ibn Arabiy falsafiy qarashlari doirasida koʻrib chiqib, ushbu tushunchalarning Islom falsafasi va tasavvufiy taʼlimotining shakllanishi va rivojlanishi ochib berilgan. Shuningdek, maqolada Ibn Arabiy tomonidan yozilgan “Vujud haqida risola” asari asosida borliq va yoʻqlik tushunchalari, ilohiy va moddiy borliqning oʻzaro munosabatlari falsafiy nuqtai nazardan yoritilgan. Ibn Arabiy taʼlimoti kontekstida borliqni anglashning insonning oʻzligini anglash bilan uzviy bogʻliqligi taʼkidlanib, ushbu qarashlarning Islom falsafasi va tasavvufiy tafakkur rivojidagi ahamiyati koʻrsatib berilgan.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references