BRONXOOBSTRUKTIV SINDROM BILAN KASALLANGAN BOLALARDA NAFAS OLISH TIZIMINING FUNKSIONAL HOLATINI BAHOLASH
Abstract
Bolalarda pastki nafas yo‘llarining yuqumli kasalliklari fonida rivojlanadigan bronxial obstruksiya turli mualliflarning fikriga ko‘ra, 5 dan 40% gacha kuzatiladi. Oilada allergologik anamnez bo‘lgan bolalarda, bronxoobstruktiv sindrom (BOS) odatda 30-40% holatlarda rivojlanadi, xuddi shunday tendensiya yiliga 6 martadan ko‘prok nafas olish yo‘llari infeksiyalaridan aziyat chekadigan bolalarda mavjud. Tadqiqot maqsadi: bronxoobstruktiv sindrom kuzatilgan bolalarda nafas olish tizimining funksional holatini baholash. Materiallar va usullar. Tadqiqot Andijon viloyati bоlalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi Pulmonologiya bo‘limida va Respublika ixtisoslashtirilgan Pediatriya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Pulmonologiya bo’limida o‘tkazildi. Tadqiqotga 7 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan 90 nafar bemor bola jalb qilindi. Nazorat guruhi sifatida xuddi shu yoshdagi 20 nafar amaliy sog‘lom bolalar olindi. Tashqi nafas olish funksiyasini (TNOF) o‘rganish SEMA 2000 dasturidan foydalangan holda, SHILLER SRIROVIT SR-1 (Mockva) spipometrida amalga oshirildi. Olingan natijalarni statistik qayta ishlash Statistica 6.0 dasturiy majmuasi yordamida amalga oshirildi. Natijalar va ularning muhokamasi. O‘tkazilgan pikfloumetriya tadqiqoti o‘tkir obstruktiv bronxit (O‘OB) bilan kasallangan bolalarda 80,0% holatlarda nafas chiqarishning eng yuqori tezligi (NChEYuT) me’yordan 80% dan ko‘proq qayd etilganini, shu bilan bir vaqtda esa bronxoobstruksiyali qaytalanuvchi bronxit (BO li QB) bilan og‘rigan bolalarda normativ ko‘rsatkichlar 37,6% bolalarda qayd etilganini ko‘rsatdi. NchEYuT ning me’yordan 80% dan 60% gacha bo‘lgan ko‘psatkichlari BOli QB bilan og‘rigan 44,1% bolalarda va O‘OB bilan og‘rigan 11,4% bolalardab qayd etildi. NChEYuTning me’yordan 60% dan past bo‘lishii ko‘pk holatlarda (18,3%) BOli QB bilan og‘rigan bolalarda, 8,6%6 holatda esa O‘OB bilan og‘rigan bolalarda qayd eetildi. Xulosa. Tadqiqot natijasida O‘OB va BO li QB bilan kasallangan bolalarda spirometriyada aniqlanadigan o‘pka ventilyatsiyasi funksiyasi buzilishiningf o‘ziga xos turi – bu obstruktiv tur ekanligi oydinlashdi. O‘tkazilgan tadqiqotlarga asoslangan holda ko‘pchilikbbolalarda o‘pkaning hayotiy hajmi (O‘HH) va Tiffno indeksining pasayishi aniqlandi, bu esa bronxlar o‘tkazuvchanligi buzilishining alomati xisoblanadi. Bu buzilish odatda bronxlar va o‘pkalardagi yallig‘lanishli o‘zgarishlar bilan chaqirilgandir.
Not yet translated