Skip to main content
Article

GENDER TENGLIGINI TAʼMINLASHNING IQTISODIY-IJTIMOIY OMILLARI

ABI

Abstract

Ushbu maqola gender tengligini taʼminlashning iqtisodiy va ijtimoiy omillariga bagʻishlangan. Maqolada ayollar va erkaklar oʻrtasidagi tenglikni taʼminlash uchun zarur boʻlgan omillar — taʼlim, mehnat bozori, ijtimoiy xizmatlar, qonunchilik, sogʻliqni saqlash, madaniyat va ijtimoiy stereotiplar kabi asosiy sohalardagi muammolar va ularni hal etish usullari muhokama qilingan. Gender tengligini taʼminlash nafaqat ijtimoiy adolatga erishish, balki iqtisodiy oʻsish va barqaror taraqqiyotga ham olib keladi. Maqola, shuningdek, gender tengligini taʼminlash uchun davlat, xususiy sektor va fuqarolik jamiyatining hamkorligini muhim omil sifatida koʻrsatib oʻtadi. Maqola aholi orasida gender tengligini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarning ahamiyatini, hamda busohadagi ijobiy oʻzgarishlarni aniqlab, ularni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan strategik yoʻnalishlarni yoritadi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references