GLOBAL KESIMDA INGLIZ MADANIYATINING LINGVOKULTUROGIK JIHATLARI
Abstract
Ushbu maqolada chet tillarini xususan, ingliz tilini oʻrganishning ahamiyati haqida atroflicha so‘z yuritilgan boʻlib, bu jarayonda til bilan birgalikda ushbu xalqning madaniyatini ham oʻrganish, boshqa millat madaniyatiga hurmat bilan munosabatda boʻlish zarurligi taʼkidlanadi. Lingvokulturologiya madaniyat va tilning oʻzaro aloqasi va oʻzaro taʼsirini va bu jarayonni lisoniy va nolisoniy (madaniy) birliklarning bir butun strukturasi sifatida aks ettiradigan kompleks fan ekanligini hisobga olgan holda, ushbu fan doirasida ingliz madaniyatini oʻrganish, uning koʻp qirraliligi kabi tushunchalarga taʼrif berilgan. Bir nechta misollar asosida ingliz madaniyatining lingvokulturologik xususiyatlari yoritilgan.
Not yet translated