Skip to main content
Article

KOMPYUTER LINGVISTIKASI VA SUNʼIY INTELLEKTNING TILGA TAʼSIRI

ABI

Abstract

Mazkur tadqiqotda sunʼiy intellekt va kompyuter lingvistikasining til tizimiga taʼsiri atroflicha oʻrganildi. Sunʼiy intellekt yordamida matnni qayta ishlash, tarjima qilish va nutqni sintez qilish kabi jarayonlarning rivojlanishi tahlil qilinib, ularning cheklovlari hamda imkoniyatlari baholandi. NLP tizimlari tabiiy tilni sintaktik va semantik jihatdan qayta ishlay olsa-da, pragmatik anglash borasida inson tafakkuridan farq qiladi. Shuningdek, avtomatik tarjima tizimlarining madaniy va kontekstual tafovutlarni toʻliq anglashga qodir emasligi kuzatildi. AI asosidagi matn yaratish tizimlari inson yozuviga oʻxshash ifodalar hosil qilishga muvaffaq boʻlsa-da, baʼzan takroriylik va kontekstdan chetga chiqish muammolarini keltirib chiqarishi mumkin. Maqola sunʼiy intellektning tilshunoslikka taʼsirini yanada chuqur oʻrganish va uni inson nutqiga yaqinlashtirish yoʻnalishida ishlanmalarni davom ettirish zaruriyatini ochib beradi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references