Skip to main content
Article

BUYUK SHOIR I.YUSUPOVNING SHER’IY MISRALAR TAHLILI

ABI

Abstract

Ibrayim Yusupovning bosh quroli bo‘lgan she’riyat orqali xalqimiz ruhida, ichki dunyosida halollik, to‘g‘rilik, qardoshlik, do‘stlik, birodarlik, Vatanga muhabbat, mardlik, pok muhabbat, unga sadoqat tuyg‘ularini uyg‘otdi va tarbiyaladi. Uning o‘lmas she’riyati kelajak avlodlarni ham shunday samimiy tuyg‘ular bilan tarbiyalay oladi, deb ishonch bilan ayta olamiz. Shu bois xalqimiz O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq shoiri, ko‘plab nufuzli mukofotlar sohibi Ibrayim Yusupovni buyuk faylasuf va vatanparvar shoir sifatida biladi va qadrlaydi.I.Yusupov she’riyati mavzusi bo‘yicha hayotning barcha sohalarini qamrab oladigan, poetik xususiyati bo‘yicha insonning eng nozik qalb torlarini chertadigan, yurak tebranishlarini, ruhiy iztiroblarini aks ettiradigan ajoyib bir dunyo, poyonsiz dengiz. Shu bois biz I.Yusupov she’riyatining mahoratiga to‘xtalib o‘tamiz.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references
Metrics — AkademScholar · Coming soon