Skip to main content
Article

HOZIRGI O‘ZBEK NASRIDA BADIIY MAKON TIPOLOGIYASI (NAZAR ESHONQUL HIKOYALARI MISOLIDA)

ABI

Abstract

Badiiy makon va zamon tushunchasi adabiyotshunoslikdagi markaziy nazariy muammolardan biri sanaladi. Hozirgi o‘zbek nasri badiiyatidagi o‘zgarishlar ijodkor badiiy tafakkuri, mahorati va uslubining natijasi o‘laroq vujudga kelmoqda. Ushbu xususiyatlarni umumiy bog‘liqlikda yoritish adabiyotdagi zamon va makon masalasini o‘rganish talabini qo‘yadi. Ushbu maqolada hozirgi o‘zbek nasri janrlarida, xususan, hikoya janridagi badiiy makon tasviri, xususiyatlari va tipologiyasi o‘rganilgan. Mazkur tahlil yozuvchi Nazar Eshonqul hikoyalari misolida amalga oshirilgan. Hikoyalardagi badiiy makon tasviri va tipologiyasini aniqlash janrning yutuqlari, uning kompozitsion xususiyatlari va ijodkor mahoratini ko‘rsatishga xizmat qilgan. Shuningdek, mazkur tahlil ijodkor hikoyalarining mavzuviy ko‘lami, ularda aks badiiy g‘oya va muallifning borliq haqidagi qarashlarini ifodalashga daxl etadi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references