NUTQDA RITORIK KANONLARNING AHAMIYATI
Abstract
Maqolada nutq ustida ishlashning asosiy bosqichlari boʻlgan ritorik harakatlar sxemasini tashkil etuvchi besh qismdan iborat qadimiy ritorik kanonlar tahlil qilinadi. Unda fikrlarni so‘zlarga ko‘chiradigan maxsus mexanizmni, ichki nutqni tashqi nutqqa o‘tkazishning batafsil va puxta o‘ylangan usullari, nutqni yaratishning g‘oyaviy va texnologik sikli, “fikrdan so‘zga yo‘l”ni o‘rganish mexanizmlari haqida xulosalar shakllantirildi. Nutq tuzilishi, kirish, asosiy qism, xulosaning nutqdagi ahamiyati, nutq kompozitsiya, uni shakllantirish, unga individual yondashuv haqida fikr yuritiladi. Tizimli materialni taqdim etish usullari: xronologik (yoki tarixiy) usul, konsentrik usul, bosqichma-bosqich qurish usuli, o‘xshatish usuli, mavzuning deduktiv va induktiv usullari, aynilik qonuni, qarama-qarshilik qonuni, istisno qonuni, asos qonuni kabi nutq tayyorlashda mantiq qonunlariga rioya qilishning ahamiyati haqida so‘z boradi.
Not yet translated