Skip to main content
Article

ARXAIZMLARNING LINGVO-USLUBIY IMKONIYATLARI

ABI

Abstract

Tilshunoslikda eskirgan leksemalar, yangi leksemalar va zamonaviy leksemalar mavjud. Jumladan, o‘zbek tili leksikasini tarixiylik nuqtayi nazardan uchta asosiy qatlamga bo‘lib o‘rganish mumkin: 1) zamonaviy leksika; 2) eskirgan leksika; 3) yangi leksika. Bunday lug‘aviy birliklar orasida eskirgan so‘zlar alohida ajralib turadi. Eskirgan so‘zlar tilning muayyan davrlari uchun xos bo‘lib, asosan, badiiy asarlarda ma’lum davrga xoslikni ifodalash maqsadida qo‘llaniladi. Bu birliklarning barchasi tilda, xususan, badiiy asar tilida o‘ziga xos vazifa bajaradi. Bu kabi so‘zlardan yozuvchilar tarixiy voqea-hodisalarni real tasvirlash uchun, asarda tarixiylik rangi berish uchun foydalanadilar. Mazkur maqolada arxaizmlar va ularning tarixiy dostonlar (“Ming bir yog‘du”, “Afrosiyob”, “Hakim va ajal” va “Shiroq”)da bajargan lingvo uslubiy imkoniyatlarini yoritib berish borasida izlanishlar olib borilgan.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references
Metrics — AkademScholar · Coming soon