Skip to main content
Article

IDENTIFIKATSIYA JARAYONI ILMIY TADQIQOT USLUBI SIFATIDA

ABI

Abstract

Ushbu maqolada identifikatsiya jarayoni va uning shaxs rivojlanishidagi o‘rni ijtimoiy-psixologik jarayonlari tahlil qilinadi. Identifikatsiya insonning o‘zini jamiyat va guruhlar tarkibida anglash jarayoni sifatida talqin qilinib, uning psixologik barqarorlik va ijtimoiy integratsiyaga ta’siri yoritiladi. Tadqiqotda L.S. Vigotskiy, Z. Freyd va E. Erikson kabi olimlarning identifikatsiya nazariyalari o‘rganilib, shaxsning rivojlanishida ijtimoiy muhitning ahamiyati ta’kidlanadi. Maqolada shaxsning butun hayoti davomida identifikatsiya jarayonlari turli ijtimoiy omillar va guruhlar ta’sirida o‘zgarib borishi, shuningdek, ushbu jarayonning psixologik va madaniy jihatlari muhokama qilinadi. Identifikatsiyaning shaxsiy va ijtimoiy moslashuvga ta’siri, uning rivojlanish dinamikasi va zamonaviy jamiyatda duch keladigan muammolar tahlil qilinadi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references