MUSTAQILLIK YILLARIDA O‘ZBEKISTONDA IRRIGATSIYA SOHASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR
Abstract
Mazkur maqolada O‘zbekistonning irrigatsiya sohasidagi yangi islohotlar va suv xo’jaligida amalga oshirilgan ishlar, sohani rivojlantirsh istiqbollari haqida so’z yuritiladi. Bugungi kunda mamlakatning suv resurslarini samarali boshqarish hamda suvdan oqilona foydalanish davlat siyosat darajasiga ko’tarildi. Xususan: 2020-yil 10-iyuldagi Prezident farmoni bilan tasdiqlangan ”O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasi” suv xo‘jaligini modernizatsiya qilish, suvni tejash texnologiyalarini joriy etish va soha xodimlarining kasbiy ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan strategik yo‘nalishlarni belgilab berdi. Ushbu maqolada shuningdek, Prezident farmonining ahamiyati, suvni tejash texnologiyalari va dual ta’lim tizimining ahamiyati haqida batafsil bayon etiladi. Kelajakda suv resurslarining kamayishi ehtimoli va bu muammoning yechimi bo‘yicha amalga oshirilayotgan strategiyalar ko‘rib chiqiladi.
Not yet translated