Skip to main content
Article

TILLARNI O’QITISHDA O‘QUVCHILARDA XXI ASR KO‘NIKMALARINI ZAMONAVIY METODLAR ASOSIDA SHAKLLANTIRISH

ABI

Abstract

Mazkur maqolada til o‘qitishda XXI asr ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan zamonaviy metodlar tahlil qilinadi. Bugungi kunda ta’lim tizimi faqat til o‘rganishning an’anaviy usullarini emas, balki innovatsion yondashuvlar va metodlarni ham joriy etishga intilmoqda. Maqolada XXI asr ko‘nikmalarining (kritik fikrlash, muloqot, hamkorlik, ijodkorlik, raqamli ko‘nikmalar va boshqalar) o‘quvchilar uchun zarurligi, shuningdek, til o‘qitish jarayonida ushbu ko‘nikmalarni rivojlantirishning ahamiyati yoritiladi. Zamonaviy metodlar, jumladan, interfaol va masofaviy ta’lim, o‘yinlar, loyiha asosidagi o‘qitish, guruhli ishlash, kognitiv texnologiyalar va boshqa innovatsion yondashuvlar orqali o‘quvchilarni faollashtirish va ularga XXI asr ko‘nikmalarini o‘rgatishning samarali usullari ko‘rsatiladi. Maqolada, shuningdek, til o‘qituvchilarining metodik tayyorgarligi va zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirishlari zarurligi, o‘quvchilarni ko‘proq interaktiv va amaliy faoliyatga jalb qilish orqali tilni o‘rganishda muvaffaqiyatga erishish imkoniyatlari haqida fikrlar keltirilgan. XXI asr ko‘nikmalarini shakllantirishda tizimli yondashuvlar va talabalarning o‘quv faoliyatini motivatsiya qilish usullari ko‘rib chiqiladi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references
Metrics — AkademScholar · Coming soon