Skip to main content
Article

TIJORAT BANKLARIDA DEPOZITLAR TARKIBI VA DINAMIKASI: TAHLILIY YONDASHUV (ATB TURONBANK VA TRASTBANK XAB MISOLIDA)

Sirojali AllaberganovXalqaro Nordik universiteti mustaqil tadqiqotchisi
ABI

Abstract

Ushbu maqolada tijorat banklarining depozit siyosatida depozitlar tarkibi va ularning o‘zgarish dinamikasi tahlil qilinadi. Tahlil obyekti sifatida O‘zbekistondagi ATB “Turonbank” va XAB “Trastbank” tanlangan bo‘lib, ularning 2020–2024 yillar oralig‘idagi depozit portfeli tarkibi, segmentlar bo‘yicha tuzilmasi va o‘sish sur’atlari solishtirma asosda ko‘rib chiqiladi. Maqolada jismoniy va yuridik shaxslar depozitlari o‘rtasidagi nisbat, muddatli va talab qilib olinadigan depozitlar ulushi, shuningdek, valyuta strukturasidagi farqlar asosida resurs bazasining barqarorligi baholanadi. Shuningdek, har ikki bankning marketing strategiyasi, foiz siyosati va innovatsion depozit mahsulotlarining ommaviyligi asosida mijozlar ishonchining shakllanishiga ta’siri tahlil qilinadi. Tahlil natijalariga ko‘ra, depozitlar tarkibini diversifikatsiyalash va uzoq muddatli omonatlarni ko‘paytirish banklar uchun strategik ustuvorlik ekanligi asoslab beriladi. Maqola natijalari tijorat banklari rahbariyati, moliyaviy tahlilchilar va bank tizimi ishtirokchilari uchun amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references