Skip to main content
Article

TASHQI VA ICHKI INVESTITSIYALARNING ASOSIY KAPITALNI SHAKLLANTIRISHDAGI ROLI

Aybek Qo‘shbaqovTоshkеnt dаvlаt iqtisоdiyоt univеrsitеti mustaqil tadqiqotchisi
ABI

Abstract

Ushbu maqolada tashqi va ichki investitsiyalarning asosiy kapitalni shakllantirishdagi o‘rni va ularning iqtisodiy rivojlanishga ta’siri tahlil qilinadi. Xorijiy investitsiyalar, ayniqsa to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoyalar, ishlab chiqarish quvvatlarini yangilash, texnologiyalarni olib kirish va yangi ish o‘rinlari yaratishda muhim ahamiyatga ega. Ichki investitsiyalar esa iqtisodiy tizim barqarorligi, mahalliy tadbirkorlik faolligi va milliy kapital aylanishini ta’minlaydi. Maqolada ikki turdagi investitsiyalar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik, ularning moliyalashtirish manbalari va iqtisodiy samaradorligi solishtirma tahlil asosida ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, O‘zbekiston misolida amaldagi holat va istiqbolli yo‘nalishlarga ham baho berilgan.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references