KOGNITIV TEXNOLOGIYALAR YORDAMIDA BOLALARDA MATEMATIK TASAVVURLARNI SHAKLLANTIRISHDA SAMARALI YONDASHUVLAR
Abstract
Ushbu tadqiqotda kognitiv texnologiyalar yordamida bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirishning samarali yondashuvlari tahlil qilingan. Kognitiv texnologiyalar, jumladan, sun’iy intellekt (AI), mashina o‘rganish, interaktiv o‘yinlar va vizualizatsiya texnologiyalari ta’lim jarayonini shaxsiylashtirish, bolalarning individual o‘rganish ehtiyojlariga moslashtirish va matematik ko‘nikmalarini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. Tadqiqotda 5-6 yoshli bolalar ishtirokida kognitiv texnologiyalar yordamida matematik tushunchalar o‘rganilishi va bu texnologiyalarni pedagogik yondashuvlar bilan uyg‘unlashtirishning samaradorligi tahlil qilindi. Natijalar kognitiv texnologiyalarning bolalar ta’limi va matematik tasavvurlarni shakllantirishdagi samaradorligini isbotladi, ayniqsa, interaktiv o‘yinlar, vizual modellar va adaptiv tizimlar yordamida o‘rgatish usullarining muvaffaqiyatliligini ko‘rsatdi. Tadqiqotda olingan natijalar bolalarda motivatsiyani oshirish, matematik tushunchalarni aniqroq va samarali o‘rganish imkoniyatlarini yaratadi.
Not yet translated