Skip to main content
Article

QADIMGI TURKLARDA IJTIMOIY HAYOT

ABI

Abstract

Ushbu maqolada Turk dasht madaniyatining ijtimoiy va iqtisodiy hayoti chuqur tahlil qilingan boʼlib asosiy eʼtibor qadimgi turk jamiyatining ijtimoiy tuzilmasi, boshqaruv shakllari va iqtisodiy faoliyatlariga qaratilgan. Tadqiqotda Orxun bitiklari, Devonu Lugot it-Turk kabi birlamchi tarixiy manbalar, shuningdek, Bahaeddin Oʼgʼel, Ibrohim Kafesoʼgʼli, Ahmad Tashağıl kabi olimlarning asarlari asos sifatida ishlatilgan. Maqolada “Bozkir madaniyati” tushunchasi geografik izohlanib, madaniyatning til, din, urf-odat, taʼlim va iqtisod bilan bogʼliqligi koʼrsatib berilgan. Ijtimoiy tuzilma bosqichma-bosqich — oila (oguş), urugʻ, qabila (boy), qabilalar birligi (bodun) va davlat (il) shaklida tahlil qilingan. Maqola qadimgi Turk dasht jamiyatining murakkab ijtimoiy-iqtisodiy tizimini manbalar asosida tahlil etib, oʻsha davrdagi ijtimoiy strukturani, madaniy qadriyatlarni va davlat qurilishi jarayonini ilmiy asoslangan tarzda yoritadi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references