NATYURMORT JANRIDA ISHLAGAN RASSOMLAR ASARLARINING REKONSTRUKTIV TAHLILI
Abstract
Mazkur maqola natyurmort janrining tasviriy san’atdagi o‘rni va uning estetik-badiiy imkoniyatlarini tahlil qilishga bagʻishlangan boʻlib, rassomlarning ushbu yoʻnalishda yaratgan asarlari rekonstruktiv tahlil asosida oʻrganiladi. Rekonstruktiv tahlil metodikasi orqali sanʼat asarlari faqat tashqi shakli va mavzusi bilan emas, balki ularning yaratilish sharoiti, davr ruhiyati, individual rassomlik uslubi va estetik gʻoyasi bilan birgalikda chuqur tahlil qilinadi. Maqolada Gʻarb sanʼati vakillari — Piter Klays, Jan Batist Sharden, Frants Snyders, Igor Grabar, Pavel Kuznetsov, Pyotr Konchalovskiy kabi rassomlar natyurmortlariga ilmiy-nazariy baho berilishi bilan birga, oʻzbek tasviriy sanʼati vakillari — Chingiz Ahmarov, Rauf Tulyaganov, Akmal Nur, Javlon Umarbekov, Bahodir Jalolov, Bobur Ismoilov kabi sanʼatkorlarning natyurmort janridagi asarlari ham tahlil qilinadi. Ularning asarlarida milliylik, estetik mushohada, ranglar uygʻunligi va zamonaviylik unsurlarining oʻzaro bogʻliqligi ochib beriladi.
Not yet translated