Skip to main content
Article

O‘ZBEKISTON VA BIRLASHGAN ARAB AMIRLIKLARI – BARQAROR RIVOJLANISH YO‘LIDA HAMKORLIK

Farrux KAMOLIDDINOVO‘zRFA Sharqshunoslik instituti tayanch doktoranti
ŬzMU habarlari.journal2025uz
ABI

Abstract

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasidagi o‘sib borayotgan hamkorlik aloqalari tahlil qilindi. O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng, ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy va diniy umumiylik, musulmon dunyosining birdamligi hamda tarixiy merosga asoslangan aloqalar yanada rivojlanishga turtki bo‘ldi. Birlashgan Arab Amirliklari, o‘zining katta moliyaviy imkoniyatlari bilan, istiqbolli mintaqalarga, jumladan, O‘zbekistonga ham sarmoya kiritishga qiziqish bildirgan. Iqtisodiy jihatdan, O‘zbekiston Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida sarmoya kiritish uchun eng qulay joylardan biri sifatida ko‘rilmoqda. Birlashgan Arab Amirliklari va O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar savdo, investitsiyalar, transport va kommunikatsiyalar, madaniy-gumanitar, ekologiya va turizm sohalarida mustahkamlanib, ikki davlatning o‘zaro hamkorlikda yangi imkoniyatlarni yaratishiga xizmat qilmoqda.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references