Skip to main content
Article

O‘ZBEK XALQ MAQOLLARIDA REPREZENTATIV AKT

Bibish JO‘RAYEVA Umida YAXYOYEVABuxoro davlat universiteti dotsenti,f.f.d, Buxoro davlat universiteti PhD doktoranti
ŬzMU habarlari.journal2025uz
ABI

Abstract

Maqollar xalq donishmandligi natijasida vujudga kelgan folklor namunasi sanalib, hajman qisqa va mantiqiy tugallangan maʼnoli hikmatlardir. Ularda chuqur mazmun, muayyan aniq shakl hamda avlod-ajdodlarning hayotiy tajribalari, jamiyatga munosabati, tarixi, ruhiy holati, etik va estetik tuygʻulari, ijobiy fazilatlari mujassamlashgan bo‘ladi. Ushbu maqolada maqollar reprezentativ akt jihatidan o‘rganilgan. Reprezentativ akt–borliqda sodir bo‘layotgan voqelikni tafakkurda idrok qilish, uning so‘zlovchi tomonidan lisoniy vositalar orqali ifodalanishi hamda tinglovchi tomonidan anglanishi bo‘lib, nutqiy muloqotda reprezentativ aktlar ba’zan tinglovchi tafakkuridan kelib chiqib turlicha tushunilishi mumkin. Biz ushbu tadqiqot ishimizda turli asarlardagi parchalar asosida maqollarni reprezentativ akt nuqtayi nazaridan tadqiq etdik.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references