Skip to main content
Article

QASHQADARYO VILOYATI TUPROQ FAUNASIDAGI ORIBATID KANALARINING BIOINDIKATOR XUSUSIYATLARI

Dilfuza МAJIDOVAO‘zbekiston Milliy universiteti o‘qituvchisi, PhDZulxumor ELMURATOVAO’zbekiston Milliy universiteti dotsenti, b.f.nSug‘diyona QODIRALIYEVAO‘zbekiston Milliy universiteti magistranti
ŬzMU habarlari.journal2025uz
ABI

Abstract

Ushbu maqolada Qashqadaryo viloyatida topilgan oribatid kanalarning turli antropogen va ekologik omillar ta’sirida bioindikator xususiyatlarining yo‘qolishi muhokama qilinadi. 2023 yil bahor va yoz oylarida o‘tkazilgan tadqiqot Shortan gaz-kimyo sanoatlashgan hududini o‘rab turgan qarag‘ay va archa bog‘lariga qaratilgan. Tadqiqotimiz natijalarida bioindikator xususiyatiga ega Ornithonyssus bursa, Geratoppia quadridentate, Furcoribula furcillata, Perlohmannia altaica, Liochthonius kirghisicus, Asiacarius elongatus, Liochthonius hystricinus, Cultroribula dentata, Epilohmannia cylindrica va Michelia paradoxa kabi 23 tur aniqlandi. Turlarning bu ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi birinchi navbatda 10 sm chuqurlikdagi tuproq qatlamida sodir bo‘lgan. Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, ushbu o‘zgarishlarga ta’sir qiluvchi asosiy omil sanoat korxonasining kimyoviy chiqindilari emas, balki yonuvchi gazlar natijasida hosil bo‘lgan kislotali gazlar bo‘lib, bu gazlar yog‘ingarchilik bilan aralashganda kislotali yomg‘ir hosil bo‘lishiga olib keladi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references