Skip to main content
Article

JAMIYATNI DEMOKRATLASHTIRISHDA SIYOSIY PARTIYALARNING ROLINI OSHIRISH MUAMMOLARI

Nurmuhammad QARSHIYEVO‘zbekiston Milliy universiteti dotsenti v.b
ŬzMU habarlari.journal2025uz
ABI

Abstract

Jahonda demokratiyaning rivojlanishi, uning eng yaxshi siyosiy rejim sifatida geografiyasining kengayib borayotganligi, unga bo‘lgan intilishni yanada kuchaytirmoqda. Ko‘pchilik rivojlanayotgan davlatlarda jamiyatni demokratlashtirishga ehtiyoj ortib, unda siyosiy partiyalarning ishtiroki alohida ahamiyat kasb etib, mazkur siyosiy jarayonlarda ularning rolini oshirish dolzarlashib bormoqda. Mamlakatimiz taraqqiyotining ikkinchi bosqichida demokratik islohotlar yanada jadallashib, unda siyosiy partiyalarning rolini oshirishga alohida e’tibor qaratilib kelinmoqda. Siyosiy partiyalar, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari hamda parlament institutining davlat boshqaruvidagi rolini oshirishga, ularning hukumat tuzilmalarini nazorat qilishga doir ko‘plab normativ – huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Boshqaruvni nazorat qilish mexanizmlarining takomillashtirilishi unda nodavlat notijorat tashkilotlarining ishtirokini yanada oshirish muammolarini tadqiq etish dolzarbdir.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references