Skip to main content
Article

TILSHUNOSLIKDA EPISTEMIK MODALLIKNING LINGVISTIK TAHLILI

ŬzMU habarlari.journal2025uz
ABI

Abstract

Ushbu maqolada modallik tushunchasi va uning til bilan bog‘liq jihatlari tahlil etiladi. Modallik gapning voqelikka munosabatini yoki so‘zlovchining uzatilayotgan axborotga shaxsiy munosabatini ifodalovchi turkum sifatida ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda modallikning obyektiv va subyektiv turlari, shuningdek, epistemik modallikning nazariy asoslari va amaliy qo‘llanilishi batafsil o‘rganilgan. Epistemik modallik, ayniqsa, so‘zlovchi tomonidan xabar mazmunini baholash hamda uning ehtimolligi, ishonchliligi yoki voqelikka mosligi darajasini aniqlash uchun muhim ahamiyatga ega. Maqolada tilshunoslarning epistemik modallik haqidagi qarashlari, obyektiv va subyektiv epistemik modallik o‘rtasidagi farqlar, shuningdek, uni til vositalari orqali ifodalash usullari, jumladan, modal fe’llar, so‘z birikmalari va modus fe’llari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari tilshunoslikda modallikning ahamiyatini yoritib, uning til tizimidagi o‘rnini aniqlashga xizmat qiladi

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references