Skip to main content
Article

MIRZO ABDULQODIR BEDILNING ASOSIY FALSAFIY GʻOYALARI

ABI

Abstract

Ushbu maqolada forsiy zabon mutafakkir, shoir va soʻfiylik anʼanalarining yirik vakili boʻlgan Mirzo Abdulqodir Bedil (1644–1720) falsafasining asosiy gʻoyalari tahlil qilinadi. Asarda vahdat ul-vujud (borliqning birligi), mazhar (dunyo — aks), moddiy olamning xayoliyligi gʻoyalari hamda haqiqatga oʻzlikni anglash orqali yetish yoʻli kabi masalalar muhokama qilinadi. Metafizik sheʼriyat — haqiqatni anglash va ruhiy oʻzlikni kashf qilish vositasi sifatida koʻriladi. Bedil — aql va maʼnaviy tajribani uygʻunlashtirishga intilgan falsafiy mutasavvif sifatida tasvirlanadi. Shuningdek, insonning mikrokosm sifatidagi oʻrni, unda butun borliqning aks etishi masalasi ochib beriladi. Maqolada Bedil falsafasining Ibn Arabiy, Rumiy, Navoiy va hind metafizikasi bilan aloqalari ham yoritiladi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references