O‘ZBEKISTONNING YUNESKO BILAN HAMKORLIKDAGI SAMARALI LOHIHALARI HAQIDA
Abstract
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasining YUNESKO bilan hamkorlikdagi madaniy, ilmiy va ma’rifiy loyihalari yoritilgan. YUNESKOning xalqaro miqyosdagi faoliyati, O‘zbekistonning ushbu tashkilotga a’zo bo‘lishi va bu a’zolik doirasida amalga oshirilgan samarali tashabbuslar tahlil qilingan. Xususan, milliy qadriyatlarni tiklash, tarixiy shaxslar va san’at yodgorliklariga bag‘ishlangan yirik tadbirlar, xalqaro ilmiy anjumanlar va festivallar tahlil markazida turadi. Marg‘ilon shahrida o‘tkazib kelinayotgan “Atlas bayrami” xalqaro to‘qimachilik festivali misolida an’anaviy hunarmandchilikni rivojlantirish, xorijiy ekspertlar ishtirokida tajriba almashinuvi va milliy madaniyatni targ‘ib qilish mexanizmlari ko‘rib chiqiladi. Maqolada YUNESKO va mahalliy tashkilotlar hamkorligining ijobiy natijalari, hunarmandlar faoliyatini rag‘batlantirish va xalqaro e’tiborni jalb etishdagi o‘rni keng tahlil etiladi.
Not yet translated