Skip to main content
Article

O‘QUV TAYYORLOV GURUHI GANDBOLCHILARIDA MASHG‘ULOT YUKLAMALARINI RIVOJLANTIRISH SAMARADORLIGI

Nargiza ShermuxamedovaO‘zbekiston Milliy universiteti o‘qituvchisi
ŬzMU habarlari.journal2025uz
ABI

Abstract

Ushbu maqolada tayyorlov guruhi gandbolchilarining jismoniy tayyorgarligi jarayonida mashg‘ulot yuklamalarini ilmiy asosda rejalashtirish va ularning samaradorligini oshirish masalalari tahlil etilgan. Tadqiqot davomida sportchilarga yuklama hajmi va shiddatiga ko‘ra bosqichma-bosqich yondashuv qo‘llanilib, ularning funksional holati yurak urish tezligi, maksimal kislorod iste’moli (VO2 max) va yugurish masofasi kabi mezonlar asosida baholandi. Olingan natijalar shuni ko‘rsatdiki, mashg‘ulot jarayonida yuklamalarni individual tarzda tartibga solish sportchilarning jismoniy holatini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, maqolada sportchilar salomatligini kuzatish, nazorat qilish va mashg‘ulotlar samaradorligini oshirish tizimini joriy etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references