O‘ZBEKISTONDA CHO‘LLASHISH JARAYONINI KENGAYISHI OQIBATIDA EKOLOGIK MUAMMOLARNI KELTIRIB CHIQARUVCHI OMILLAR
Abstract
Mazkur maqolada O‘zbekiston hududida cho‘llashish jarayonining jadallashuvi va ushbu jarayonning ekologik muammolar keltirib chiqaruvchi asosiy omillari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida cho‘llashishning tabiiy-geografik va antropogen sabablariga, ayniqsa yer degradatsiyasi, suv resurslarining kamayishi, o‘rmonlarning qisqarishi va iqlim o‘zgarishiga alohida e’tibor qaratiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy va Buxoro viloyatlarida olib borilgan amaliy kuzatuvlar va statistik ma’lumotlar asosida cho‘llashishning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari ochib beriladi. Shuningdek, maqolada cho‘llashishga qarshi kurashish bo‘yicha milliy va xalqaro tajribalar tahlil qilinib, samarali tavsiyalar ishlab chiqiladi. Tadqiqot natijalari ekologik xavfsizlikni ta’minlash va barqaror rivojlanishni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiluvchi ilmiy asoslangan yondashuvni shakllantirishga yordam beradi.
Not yet translated