Skip to main content
Article

MEʼYOR KATEGORIYASINING BIOSFERANI ASRASHDAGI AMALIY AHAMIYATI

ABI

Abstract

Mazkur maqolada ekologik meʼyor tushunchasining mohiyati, uning Gegel, Beruniy va Ibn Sino tomonidan berilgan falsafiy va ilmiy talqinlari oʻrganiladi. Tabiatda mavjud boʻlgan sifat va miqdor uygʻunligi, tabiiy meʼyorlar buzilgan holatlardagi ekologik muvozanatsizlik va inqirozlar misollar asosida yoritiladi. Atmosfera, gidrosfera, biosfera va boshqa tabiiy tizimlardagi komponentlarning tabiiy-ekologik meʼyorlari bilan antropogen faoliyat oqibatidagi real koʻrsatkichlari taqqoslab koʻrsatilgan. Xususan, kislorod, karbonat angidrid, oltingugurt va azot oksidlari, xlor, ozon, freonlar, neft mahsulotlari, qoʻrgʻoshin va radiatsion fonning ekologik meʼyorlardan chekinishi oqibatida yuzaga kelayotgan global ekologik muammolar aniq raqamlar asosida tahlil etilgan.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references