NEYRON TARMOQLAR ASOSIDA SIMSIZ SENSOR TARMOQLARI UCHUN KLASTER BOSH TUGUNINI TANLASH
Abstract
Ushbu maqola taklif qilingan neyron tarmoq (NT) asosidagi marshrutlash protokoli algoritmini amalga oshirish boʻyicha tajribani tasvirlanadi, Bu yondashuv klasterlash samaradorligini oshirishga qaratilgan. Simsiz sensor tarmoq (SST) lar uchun energiya isteʼmoli muhim omil hisoblanadi. Neyron tarmoqlari vositasi va LEACH (past energiyaga moslashgan klasterlash ierarxiyasi) marshrutlash protokoliga asoslangan yechimimizda klaster bosh tugunini (KBT) tanlash jarayoni uchun energiya sarfi mezoni kiritiladi. Klaster bosh tuguni sifatida eng yuqori energiya darajasiga ega sensor tugun tanlangan. Simulyatsiya natijalari shuni koʻrsatadiki, taklif qilayotgan yechim klassik LEACHga qaraganda yaxshiroq ishlaydi.
Not yet translated