O‘ZBEKISTON BOSHLANG‘ICH TA’LIM TIZIMIDAGI MUAMMOLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH YO‘LLARI
Abstract
Ushbu maqolada hozirgi kunda mamlakatimizning boshlang‘ich ta’lim tizimida uchrayotgan bir qancha muammolar hamda ushbu muammolarni yechishga qaratilgan taklif va yechimlar, muammolarning kelib chiqish sabablari yoritilgan. Bizga ma’lumki, bolalarda hisoblash, yozish, o‘qish, tabiat va boshqalar haqidagi dastlabki bilimlar boshlang‘ich ta’limda shakllantiriladi, shuning uchun ham poydevor mustahkam bo‘lishi uchun, kelajagimiz egalariga ta’lim berish borasida muammolar bo‘lishi mumkin emas. Maqolada rivojlanishga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni bartaraf etish borasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida ham bir qator ma’lumotlar keltirib o‘tilgan. Ko‘rsatilgan muammolarga yechim sifatida berilayotgan takliflar asoslab berilgan. Maqolada shuningdek, ta’lim tizimidagi muvaffaqiyatlarga sabab bo‘layotgan omillar haqida ham aytib o‘tilgan. Bundan tashqari, tizimdagi muammolarga hozirda qanday yechimlar berilmoqda va bu muammolarga berilayotgan yechimlar qay tarzda amalga oshirilmoqda, bunday muammolarga berilayotgan yechimlarning amalga oshirish tartibi qay tarzda amalga oshiriladi? - bu kabi savollarga ushbu maqolada bir qator fikrlar va dalillar keltirib o‘tilgan.
Not yet translated