Skip to main content
Article

TIJORAT BANKLARI SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA “BIG DATA” TEXNOLOGIYASINING O’RNI

Nilufarxon RaxmonovaQo’qon Universiteti Iqtisodiyot va Turizm kafedrasi o’qituvchisi
ABI

Abstract

Raqamli transformatsiya jarayonlari bank sektorida tub o‘zgarishlarga sabab bo‘layotgan bir paytda, Big Data texnologiyalari tijorat banklarining operatsion samaradorligini oshirishda muhim o‘rin tutmoqda. Ushbu maqolada tijorat banklari faoliyatida katta hajmdagi ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish va ulardan samarali foydalanish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Big Data asosida kredit risklarini baholash, mijozlarga individual xizmat ko‘rsatish, firibgarlikni aniqlash hamda qaror qabul qilish jarayonlarini avtomatlashtirish orqali banklar raqobatbardoshligini oshirishi mumkinligi ko‘rsatib o‘tiladi. Shuningdek, maqolada Big Data texnologiyasini joriy etishdagi asosiy to‘siqlar, axborot xavfsizligi masalalari va muvaffaqiyatli jahon tajribalari misolida muhokama qilinadi. Tadqiqot natijalari tijorat banklari rahbarlari va IT-mutaxassislari uchun amaliy tavsiyalarni taklif etadi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references