Skip to main content
Article

BARQAROR PSIXOLOGIK MUHIT YARATISH ORQALI TA’LIM TIZIMI BOSHQARUV SAMARADORLIGINI OSHIRISH

Toxirjon UmarovQo‘qon universiteti Ilmiy tadqiqotlar departamenti mutaxassisi
ABI

Abstract

Ushbu maqolada ta’lim tizimi boshqaruvining samaradorligini oshirishda barqaror psixologik muhit yaratishning o‘rni ilmiy asosda tahlil qilinadi. Maqolada psixologik farovonlik, hissiy barqarorlik va ijobiy muloqot muhitining ta’lim muassasalarida boshqaruv faoliyatiga ko‘rsatadigan ta’siri empirik ma’lumotlar asosida yoritiladi. Tadqiqot jarayonida o‘qituvchilar, rahbarlar va psixologlarning fikrlari asosida psixologik omillar tahlil qilinib, ularning boshqaruv qarorlarini qabul qilish, jamoada ijtimoiy barqarorlikni saqlash, stressni kamaytirish va motivatsiyani oshirishdagi roli ochib beriladi. Tahlil natijasida boshqaruv samaradorligiga olib keluvchi asosiy psixologik omillar aniqlanadi va ularni amaliyotga tadbiq etish bo‘yicha takliflar ilgari suriladi. Mazkur tadqiqot natijalari maktablarda sog‘lom ijtimoiy-psixologik muhitni shakllantirish orqali ta’lim sifatini oshirish va rahbarlikda insoniy yondashuvni rivojlantirishda metodik asos bo‘lib xizmat qiladi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references