OLIY TA’LIMDA PEDAGOGIK KOMPETENSIYA TUSHUNCHASINING NAZARIY ASOSLARI
Abstract
Ushbu maqolada XXI asrda oliy ta’lim tizimida yuzaga kelayotgan tub islohotlar va raqamli transformatsiya sharoitida pedagogik kompetensiya tushunchasining nazariy asoslari, mohiyati hamda amaliy ahamiyati keng yoritilgan. Muallif pedagogik kompetensiyani pedagogning bilim, ko‘nikma, qadriyatlar va shaxsiy fazilatlar uyg‘unligi sifatida tavsiflaydi va uning zamonaviy ta’limdagi o‘rni va dolzarbligini tahlil qiladi. Maqolada pedagogik kompetensiyaning maxsus, ijtimoiy, shaxsiy, metodik, axborot-kommunikatsion, innovatsion va madaniy-kommunikativ turlari tafsilotli bayon etilgan. O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida bu kompetensiyalarni rivojlantirish uchun ustoz-shogird tizimi, raqamli infratuzilmani takomillashtirish, malaka oshirish kurslarini kuchaytirish va interaktiv elektron resurslar yaratish kabi qator amaliy takliflarni ilgari surilgan. Xulosa o‘rnida, pedagogik kompetensiya zamonaviy o‘qituvchining kasbiy muvaffaqiyati va ta’lim tizimining raqobatbardoshligini belgilovchi strategik omil sifatida ta’kidlanadi.
Not yet translated