Skip to main content
Article

ADABIYOTSHUNOSLIKDA TED XYUZ IJODINING O‘RGANILISHI: ANIMALISTIK SHE’RIYATI VA OBRAZLAR TIZIMI

2025uz
ABI

Abstract

Ushbu maqolada XX asr ingliz she’riyatining yorqin vakillaridan biri bo‘lgan Ted Xyuz ijodida animalistik obrazlarning poetik-falsafiy funksiyalari tahlil qilinadi. Shoir hayvon timsollarini oddiy realistik detal sifatida emas, balki inson ruhiyati, ekzistensial iztiroblari va tabiat bilan bog‘liq murakkab munosabatlarini ifoda etuvchi ramziy vosita sifatida tasvirlagan. Tadqiqotda Xyuzning she’riy evolyutsiyasi davomida hayvon obrazlarining talqini va ularning badiiy-falsafiy yuklamasi qanday o‘zgarib borganiga e’tibor qaratiladi. Ayniqsa, “Crow” to‘plamidan boshlab hayvon timsollari orqali shoir insoniyat, ma’naviyat, ruhiyat va ekologik muammolarga badiiy yondashuvini chuqurlashtirgani ko‘rsatib beriladi

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 08 references