SIRT TO‘LQINLARI VA ULARNING TARQALISHI
Abstract
Ushbu maqolada sirt to‘lqinlarining fizikaviy xususiyatlari va ularning seysmologiyadagi ahamiyati tahlil qilinadi. Sirt to‘lqinlari mexanik ob’ektlarning sirtga ta’siri natijasida hosil bo‘lib, ular bo‘ylama va ko‘ndalang tebranishlarning kombinatsiyasidan tashkil topadi. Maqolada Reley va Love to‘lqinlarining xususiyatlari, tarqalish shartlari hamda ularning zilzila vaqtida yer yuzasida qanday harakatlanishi batafsil bayon etilgan. Love to‘lqinlarining dispersiv xususiyati va Reley to‘lqinlarining zarrachalar harakati retrograd ellips shaklida ekanligi ta’kidlanadi. Shuningdek, maqolada zilzilalar vaqtida global sirt to‘lqinlarining Yer bo‘ylab tarqalishi va seysmik yozuvlarda ularning ahamiyati muhokama qilinadi
Not yet translated