Skip to main content
Article

LINGVOSEMANTIK YONDASHUVDA ADABIY-LUGʻAVIY TERMINLARNING NAZARIY TAHLILI: KRIS BOLDIK LUGʻATI ASOSIDA

ABI

Abstract

Ushbu maqolada Kris Boldikning “The Concise Oxford Dictionary of Literary Terms” lugʻatida keltirilgan adabiy va lingvistik terminlar lingvosemantik yondashuv asosida nazariy tahlil qilinadi. Maqola asosan adabiyotshunoslik va tilshunoslikning kesishgan nuqtalarida joylashgan terminlarning semantik, etimologik, madaniy va funksional xususiyatlarini tahlil qilishga qaratilgan. Tadqiqotda metafora, ironiya, alliteratsiya, ong oqimi, sonet, tragediya, fonema, morfema, sintaksis, nutq akti, semantika, leksis kabi muhim terminlar madaniyatlararo kontekstdagi oʻrni bilan yoritiladi. Ayniqsa fransuz tilidan oʻzlashgan terminlar – différance, discours, écriture, récit, oeuvre, philosophes – nazariy konseptlar va lingvokulturologik tafakkur asosida keng tahlil etiladi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references