Skip to main content
Article

PROKUROR TAQDIMNOMASI BILAN BOGʻLIQ MUAMMOLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH MASALALARI

ABI

Abstract

Mazkur maqola qonunlar ijrosi ustidan nazorat amaliyotida prokuror taqdimnomasini qoʻllash bilan bogʻliq muammolar va ularni bartaraf etish masalalariga bagʻishlangan. Maqolada muallif qonunlar ijrosi ustidan nazorat yoʻnalishida qoʻllaniladigan prokuror taqdimnomasi bilan bogʻliq tizimli muammolar haqida soʻz yuritadi. Ularga: taqdimnomalarda normativ hisoblanmaydigan hujjatlar ijrosi tekshirilganligini koʻrsatish, taqdimnomalarni qonun buzilishini bartaraf etish vakolatiga ega boʻlmagan organga (mansabdor shaxs) kiritish, kiritilgan taqdimnomalar ijrosini lozim darajada nazorat qilmaslik, taqdimnoma muhokamasida prokuratura xodimlarining ishtiroki taʼminlanmasligi kabilarni kiritadi. Muallif tomonidan ushbu muammolarni bartaraf etish boʻyicha ilmiy asoslangan хулоса ва takliflar ishlab chiqilgan.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references