KORPORATIV IMKONIYATLAR DOKTRINASI: XORIJIY TAJRIBA VA MILLIY QONUNCHILIK
Abstract
Maqolada korporativ imkoniyatlar doktrinasi va direktorlarning ushbu imkoniyatlardan foydalanishidagi fidutsiar majburiyatlari muhokama qilinadi. Fidutsiar majburiyatlar doirasida, ayniqsa, kompaniya manfaatlarini ustuvor qoʻyish, manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik, korporativ imkoniyatlardan shaxsiy foyda olishdan tiyilish kabi masalalar yoritilgan. Anglo-sakson huquq tizimlarida keng qoʻllaniladigan “corporate opportunities doctrine”ning AQSh, Angliya, Germaniya va boshqa davlatlar sud amaliyotidagi shakllanishi misollar asosida tahlil qilinadi. Oʻzbekiston qonunchiligi hali bu borada toʻliq rivojlanmagan boʻlsa-da, yangi qonun loyihalarida ushbu institutni joriy etishga intilish mavjud. Maqolada direktorning korporativ imkoniyatlardan shaxsiy foydalangan holatlarida fuqarolik-huquqiy javobgarlik yuzaga kelishi mumkinligi, bunda huquqqa zidlik, ayb, zarar va sababiy bogʻliqlik kabi shartlar asosida javobgarlik masalasi yoritiladi.
Not yet translated