TERMIZ MUZEYI - O‘RTA OSIYO JANUBIDAGI ILK MUZEY
Abstract
Ushbu maqolada Termiz davlat muzey-qo‘riqxonasining shakllanishi, tarixiy taraqqiyoti va hozirgi faoliyati yoritilgan. Muzey O‘zbekiston janubidagi ilk muzey sifatida nafaqat tarixiy obidalarni jamlab saqlash, balki ularni ilmiy asosda tadqiq etish va keng jamoatchilikka targ‘ib qilishda muhim ilmiy-ma’rifiy maskan hisoblanadi. Maqolada Eski Termizdan topilgan arxeologik topilmalar, XIX–XX asrlarda yig‘ilgan kolleksiyalar, muzeyning Sovet davri va Mustaqillikdan keyingi faoliyati, shuningdek, xalqaro ilmiy hamkorliklari haqida ma’lumot beriladi. Bugungi kunda Termiz davlat muzey-qo‘riqxonasi 62 mingdan ortiq eksponatlarga ega bo‘lib, Surxondaryo hududidagi yirik arxeologik va madaniy meros ob’ektlari uning tarkibiga kiritilgan. Xususan, Kushonlar davlati tarixiga oid ekspozitsiyalar yaratish va yangi arxeologik tadqiqotlar olib borish muzey faoliyatining asosiy yo‘nalishlari sifatida ko‘rsatilgan. Maqola muzeyshunoslik sohasidagi izlanishlar, milliy merosni asrab-avaylash hamda yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda Termiz muzeyining o‘rni va ahamiyatini ochib beradi