Skip to main content
AkademIndex

Products

For developers

AkademBasesoonOpen API for the ecosystem
Latin
Article

OCHIQ SUZISH HAVZASINI LOYIHALASHDA ENERGIYA SAMARADORLIGI: QUYOSH SUV ISITISH TIZIMLARI

ABI

Abstract

Maqolada zamonaviy muhandislik echimlari va ekologik talablarni hisobga olgan holda ochiq suzish havzalarini ishlab chiqish va loyihalashning asosiy jihatlari ko‘rib chiqiladi. Joyni tanlashga, qurilish materiallariga, xavfsizlik tizimlariga, suvni isitishning turli usullariga alohida e’tibor qaratiladi. Passiv va faol quyosh isitish tizimlarining afzalliklari va kamchiliklari, shuningdek energiya samaradorligini optimallashtirish uchun turli energiya manbalarini birlashtirgan gibrid tizimlar tahlil qilinadi. Hovuzlarda suvni isitish uchun passiv va faol quyosh tizimlari energiya samaradorligini sezilarli darajada oshiradi va operatsion harajatlarni kamaytiradi. Quyosh kollektorlari, issiqlik almashinuvchilari va yuqori sifatli izolyatsiya materiallaridan foydalanish atrof-muhitga minimal ta'sir ko‘rsatadigan qulay suv haroratini saqlashga imkon beradi. Quyosh va zaxira isitishni birlashtirgan gibrid tizimlar o‘zgaruvchan ob-havo sharoitida ham barqaror ishlashni ta’minlaydi. Ushbu texnologiyalarni joriy etish energiya sarfini va karbon atangidrid chiqindilarini kamaytirishga yordam beradi. Quyoshli basseyn isitish tizimlari energiya tejaydigan va ekologik jihatdan barqaror yechimlardir. Ulardan foydalanish operatsion harajatlarni sezilarli darajada kamaytirish va atrof-muhitga salbiy ta’sirni minimallashtirish imkonini beradi. Gibrid tizimlar barcha ob-havo sharoitida ishonchlilik va barqaror ishlashni ta’minlaydi. Bunday texnologiyalarning integratsiyasi hovuzni barqaror va tejamkor isitishga erishish uchun muhimdir.

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 02 references
Metrics — AkademScholar · Coming soon