Skip to main content
Article

SURXONDARYO VILOYATI IQTISODIY RIVOJLANISHINING EKONOMETRIK VA STATISTIK TAHLILI

ABI

Abstract

Mazkur maqolada Surxondaryo viloyatining iqtisodiy rivojlanish tendensiyalari ekonometrik va statistik usullar orqali tahlil qilinadi. Asosiy tahlil obyekti sifatida viloyat yalpi hududiy mahsuloti (YaHM) tanlanib, uning oʻsish surʼatlari, tasviriy statistikasi va asosiy omillari chuqur oʻrganiladi. Maqolada 2010–2024 yillar davomida YaHM hajmidagi oʻzgarishlar statistik jadval va grafiklar orqali koʻrsatilgan, shuningdek, tarmoqlar boʻyicha korrelyatsion tahlil hamda regressiya modellari tuzilgan. Tahlillar natijasida qishloq xoʻjaligi, sanoat, xizmat koʻrsatish va ayniqsa koks va neftni qayta ishlash sanoatining YaHMga taʼsiri yuqori ekani aniqlangan. Shuningdek, qurilish sanoati omili ham regressiya modellarida sinovdan oʻtkazilgan. Maqolada keltirilgan natijalar asosida Surxondaryo viloyati iqtisodiyotining barqaror va izchil rivojlanayotganligi xulosa qilingan.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references