FUQAROLIK SUDLARIDA ATROF-TABIIY MUHITGA NISBATAN YETKAZILGAN ZARARLARNI UNDIRISH BILAN SUD AMALIYOTIDAGI MUAMMOLARNING AYRIM JIHATLARI
Abstract
Mazkur maqolada fuqarolik sudlarida atrof-tabiiy muhitga yetkazilgan zararlarni undirish jarayonida yuzaga kelayotgan amaliy muammolar tahlil qilingan. Xususan, vakolatli davlat organlari va sudlar amaliyotida daʼvolarning koʻrmasdan qoldirilishi, zarar miqdorining noqonuniy kamaytirilishi, davlat manfaatlarining toʻliq himoya qilinmasligi kabi holatlar yoritilgan. Milliy qonunchilik normalari xorijiy davlatlar tajribasi bilan qiyosiy oʻrganilib, ayniqsa prokuror ishtirokini majburiy belgilash zarurati asoslangan. Shu bilan birga, sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy qilish orqali ekologiyaga yetkazilgan zararlarni aniqlash va undirish samaradorligini oshirish masalalari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan hamda huquqiy islohotlar uchun taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Not yet translated