USNIK KISLOTANING REAKTIVLIGI VA BARQARORLIGI: KVANT KIMYOVIY HISOBLASHLAR
Abstract
Ushbu ilmiy ishda usnik kislotaning molekulyar tuzilmasi, zaryad taqsimoti va bogʻ uzunliklari Gaussian 09 dasturi asosida noempirik kvant-kimyoviy usullar orqali oʻrganildi. Hisoblashlar DFT (Density Functional Theory) metodining B3LYP funksionalidan va 6-31G bazis toʻplamidan foydalanilgan holda amalga oshirildi. Molekulyar modellashtirishda yordamchi dasturlar sifatida Avogadro 1.2.0 va GaussView 6.0.16 dasturlari qo‘llanildi. Natijalarda molekulaning asosiy (ground state) holatdagi geometriyasi, atomlararo bogʻ uzunliklari va elektron zaryadlarining taqsimoti aniqlandi. Zaryad taqsimoti molekula ichida elektron zichligining tarqalishini tahlil qilish, reaktsion faollik markazlarini aniqlash va molekulaning elektrostatik potentsialini baholash imkonini berdi. Bogʻ uzunliklarining aniqlanishi esa molekulaning geometrik barqarorligini, bogʻlarning mustahkamlik darajasini va kimyoviy reaktivligini bashorat qilishga yordam berdi. Olingan natijalar molekulalarning fazoviy xatti-harakatlarini, reaktivlik xususiyatlarini chuqur tahlil qilishga zamin yaratadi. Tadqiqot natijalari dori dizayni, materialshunoslik va kataliz sohalarida molekulyar darajadagi o‘zaro ta’sirlarni tushunish, shuningdek yangi biofaol birikmalarni modellashtirish uchun nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Not yet translated