Skip to main content
AkademIndex

Products

For developers

AkademBasesoonOpen API for the ecosystem
Latin
Article

O‘ZBEK TILIDAGI DARAK GAPLARNI PUNKTUATSION XATOLARNI ANIQLASH VA TAHRIRLASH LINGVO - MATEMATIK MODELLARI

Techscience.uz.journal2025uz
ABI

Abstract

Mazkur maqolada o‘zbek tili matnlaridagi darak gaplar doirasida uchraydigan punktuatsion xatolar, xususan gap oxirida qo‘yiladigan nuqta belgisining noto‘g‘ri yoki yo‘qligi bilan bog‘liq muammolarni aniqlash va avtomatik tahrirlash masalasi ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda sodda va sodda yoyiq darak gaplar uchun lingvo-matematik model ishlab chiqilgan bo‘lib, ushbu model asosida UZMORF morfologik analizatori va qoidabazaviy tahlil algoritmlari orqali nuqtaning qo‘llanishi avtomatik tahrirlanadi. Punktuatsiya qoidalariga rioya qilinmasligi matn mazmunining to‘g‘ri tushunilishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi bois, darak gap ohiridagi tinish belgisini aniqlash tabiiy tilni qayta ishlash sohasida dolzarb masala hisoblanadi. Eksperimentlar ishlab chiqilgan algoritmning darak gaplardagi nuqta bilan bog‘liq xatolarni yuqori aniqlikda aniqlash imkoniyatini ta’minlaganini ko‘rsatdi

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references
Metrics — AkademScholar · Coming soon