OʻZBEKISTONLIK SPORTCHI VA HARBIY XIZMATCHILARNING YURAK-QON TOMIR TIZIMINING MOSLASHUVCHANLIGI: XALQARO STANDARTLAR BILAN SOLISHTIRMA TAHLIL
ABI
Abstract
Tadqiqot Oʻzbekistonlik sportchi (n=180) va harbiy xizmatchilarda (n=120) yurak-qon tomir tizimining moslashuv xususiyatlarini kompleks oʻrganishga bagʻishlangan. Elektrokardiografik va exokardiografik tekshiruv usullari qoʻllangan. Natijalar Yevropa kardiologiya jamiyatining (ESC) 2022 yildagi "Sport kardiologiyasi" boʻyicha koʻrsatmalari va AHA/ACC tavsiyalari bilan solishtirilgan. Oʻzbekistonlik sportchilarda QRS kompleksining kengayishi (53%), yuqori gipertrofiya indekslari va yoshga bogʻliq dinamika aniqlandi. Harbiy xizmatchilarda konsentrik gipertrofiya tendensiyasi kuzatildi. Xalqaro koʻrsatmalarni mahalliy sharoitga moslashtirish zarurligi koʻrsatib berildi
Not yet translated
Topics
Identifiers
Citations and references
Cited by 00 references