INGLIZ VA OʻZBEK TILLARIDA KRIMINALINGVISTIK BIRLIKLARNING SHAKLLANISHINING GRAMMATIK XUSUSIYATLARI
Abstract
Ushbu maqolada ingliz va oʻzbek tillarida kriminalingvistik birliklarning shakllanish jarayoni va ularning grammatik xususiyatlari tahlil qilinadi. Kriminal tilshunoslikda til birliklari nafaqat leksik darajada, balki grammatik darajada ham muhim dalil boʻlib xizmat qiladi. Shuning uchun jinoyatga oid nutq namunalarida qoʻllanadigan affikslar, soʻz tartibi, funksional soʻzlar va gap tuzilmalari alohida eʼtibor bilan koʻrib chiqiladi. Ingliz va oʻzbek tillarining grammatik tizimlari oʻzaro solishtirilib, ularning oʻxshash va farqli jihatlari aniqlanadi. Tadqiqot natijalari kriminal ekspertiza jarayonida mualliflikni aniqlash, jinoyat xabarlarini tahlil qilish va nutqdagi yashirin maʼnolarni ochishda qoʻl kelishi mumkin.
Not yet translated