Skip to main content
Article

AYBLOV TUSHUNCHASI, TURLARI VA UNING JINOYAT-PROTSESSUAL HUQUQ TIZIMIDAGI OʻRNI

ABI

Abstract

Mazkur maqolada ayblov institutining jinoyat-protsessual huquq tizimidagi oʻrni, uning tushunchasi va turlari ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotning predmeti sifatida ayblov institutining huquqiy tabiatini belgilovchi normalar, mavzusi sifatida esa ayblovning shakllanishi, rivojlanishi va huquqiy tizimdagi funksional ahamiyati tanlangan. Tadqiqotning maqsadi ayblov institutining mohiyatini ochib berish, uning turli koʻrinishlarini tasniflash hamda jinoyat protsessida davlat va shaxs manfaatlarining muvozanatini taʼminlovchi mexanizm sifatidagi oʻrnini aniqlashdan iborat. Mavzuning dolzarbligi ayblov institutining nafaqat davlat ayblovini amalga oshirishda, balki jabrlanuvchi manfaatlarini himoya qilishda ham asosiy vosita sifatida xizmat qilishi bilan belgilanadi. Tadqiqotda qiyosiy-huquqiy, tahliliy, umumlashtirish, induksiya va deduksiya metodlaridan foydalanilgan. Ayblov institutining uch turi — ommaviy, xususiy va xususiy-ommaviy shakllari mavjudligi asoslab berilgan, ularning huquqiy tabiati, qoʻllanish sohasi va jinoiy taʼqibni amalga oshirishdagi oʻziga xos xususiyatlari yoritilgan. Shuningdek, ayblov faoliyatining bosqichlari — jinoyat ishini qoʻzgʻatish, tergov, prokuror nazorati va sud muhokamasi jarayonida uning evolyutsiyasi tahlil qilingan. Maqolada ilgari surilgan xulosalar jinoyat-protsessual qonunchilikni takomillashtirish hamda odil sudlov samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqishga asos boʻlib xizmat qiladi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references